Valyuta kurslari 23/06/2025
$1 – 12496.94
UZS – -0,5%
€1 – 14405.22
UZS – -0,05%
₽1 – 159.38
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston 11/04/2025 O‘zbekiston va BMT bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ijtimoiy tashabbuslarni muhokama qildi

O‘zbekiston va BMT bolalar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ijtimoiy tashabbuslarni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 9-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari Otabek Fazilkarimov Birlashgan Millatlar tashkiloti (BMT) Bosh kotibining bolalarga nisbatan zo‘ravonlik masalasi bo‘yicha maxsus vakili Najat Maalla bilan uchrashdi.

BMT delegatsiyasi tarkibida adolat, muhojirlar va bolalar huquqlari bo‘yicha global himoyachi Pablo Espinella, BMT Bolalar jamg‘armasi (UNICEF)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Rehina Mariya Kastijio hamda boshqa mas'ul xodimlar ishtirok etdi.

Muzokaralarning asosiy mavzusi bolalar farovonligini yaxshilash va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan ijtimoiy tashabbuslarni amalga oshirish sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlarini muhokama qilish bo‘ldi. Barqaror iqtisodiy o‘sish va uzoq muddatli ijtimoiy rivojlanishning muhim tarkibiy qismi sifatida inson kapitaliga erta yoshdan boshlab sarmoya kiritish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ijtimoiy ahamiyatli tashabbuslarnі amalga oshirish uchun hamkorlik va o‘zaro aloqalarni faol rivojlantirishga tayyorliklarini bildirdi.

Ijtimoiy himoya, bolalar huquqlarini muhofaza qilish va ijtimoiy dasturlar samaradorligini oshirish sohasidagi strategik tashabbuslarnі muvofiqlashtirish maqsadida davlat organlari va xalqaro tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlaydigan maxsus muvofiqlashtirish platformasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling