Valyuta kurslari 30/01/2026
$1 – 12199.10
UZS – 0,25%
€1 – 14585.24
UZS – -0,02%
₽1 – 160.49
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari bojxona xizmatlari rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari bojxona xizmatlari rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari bojxona xizmatlari rahbarlarining ikki tomonlama uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Abu-Dabi shahrida bo‘lib o‘tayotgan Jahon bojxona tashkiloti Texnologik konferensiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonov Birlashgan Arab Amirliklari Federal bojxona ma’muriyati rahbari Ahmad Abdulloh bin Lahej Al Falasi bilan ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvdda tomonlar bir-birlarini yaqindan nishonlangan "Xalqaro bojxonachilar kuni" bilan qizg‘in muborakbod etishdi, O‘zbekiston tomoni konferensiyaning yuqori saviyada tashkil etilganini e’tirof etdi.

Tomonlar so‘nggi yillarda O‘zbekiston va BAA Davlat Rahbarlari o‘rtasidagi ochiq, ishonchli va pragmatik muloqotlar ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni strategik sheriklik darajasiga olib chiqqanini qayd etdilar.

Xususan, tashqi savdo aylanmasining sezilarli o‘sishi (2024 yilda 389 mln AQSH dollaridan 2025 yilda 871 mln AQSH dollarigacha) bojxona sohasidagi amaliy hamkorlikni ham faollashtirgani ta’kidlandi.

Uchrashuv davomida raqamlashtirish, sun’iy intellekt elementlarini joriy etish va data tahlil yo‘nalishida mutaxassislar tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar 2022 yilda muhokama qilingan va bugun ham dolzarbligini saqlab qolayotgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha fikr almashdilar.

Xususan, kinologiya sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston tomoni joriy yil sentyabr oyida mamlakatimizda Jahon bojxona tashkilotining 7-Global kinologiya forumi o‘tkazilishini ma’lum qilib, BAA bojxona ma’muriyati vakillarini ushbu tadbirda ishtirok etishga taklif etdi.

Forum doirasida kinologiya sohasida ikkala davlat o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolash taklifi ham ilgari surildi.

Vakolatli iqtisodiy operatorlarni o‘zaro tan olish bo‘yicha kelishuv imzolash masalasi ham muhokamalar markazida bo‘ldi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirib, bunday muloqotlar nafaqat bojxona idoralari, balki ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni rivojlantirishga xizmat qilishini alohida qayd etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling