Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston va Belarus yoshlarning demokratiya, qonun ustuvorligi va barqaror rivojlanishdagi faolligini kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Belarus yoshlarning demokratiya, qonun ustuvorligi va barqaror rivojlanishdagi faolligini kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va Belarus yoshlarning demokratiya, qonun ustuvorligi va barqaror rivojlanishdagi faolligini kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston-Bеlarus tadbirkor ayollar biznes-forumi doirasida o‘tkazilgan 6-seksiya demokratiya, huquq ustuvorligi va barqaror rivojlanishda yoshlarning ishtirokiga bag‘ishlandi.

So‘zga chiqqan O‘zbekiston parlament aʼzolari va Yoshlar parlamenti aʼzolari taʼkidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarning siyosiy jarayonlardagi faolligini oshirish maqsadida Yoshlar parlamenti faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, u yosh avlodning davlat boshqaruvida bevosita ishtirok etishini taʼminlash, ularning tashabbuslarini qonunchilikka tatbiq etish uchun muhim maydon vazifasini o‘tamoqda.

Shuningdek, raqamli tenglikni taʼminlash, yosh xotin-qizlarning IT va sunʼiy intellekt sohalaridagi yetakchiligini qo‘llab-quvvatlash, ularning startap tashabbuslarini rag‘batlantirishga qaratilgan dasturlar amalga oshirilayotgani haqida fikr yuritildi. Bu boradagi mamlakatimiz tajribasi alohida eʼtirof etildi.

Ishtirokchilar eʼtiboriga O‘zbekiston ilgari surgan “yashil diplomatiya” tashabbusi ham havola qilindi. Mazkur tashabbus yoshlarning ekologik ongini yuksaltirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga hissa qo‘shishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgani bilan dolzarb ahamiyat kasb etishi qayd etildi.

Shuningdek, seksiya yig‘ilishida O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida yoshlar siyosati sohasidagi hamkorlik istiqbollari ham muhokama qilindi. Xususan, yoshlar almashinuvi dasturlari, qo‘shma loyihalar va muloqot maydonini kengaytirish masalalari muhim yo‘nalishlar sifatida belgilandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling