Valyuta kurslari 17/02/2026
$1 – 12191.30
UZS – -0,24%
€1 – 14464.98
UZS – -0,21%
₽1 – 158.51
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Belarus yosh parlament aʼzolari uchun demografik barqarorlik bo‘yicha onlayn seminar-trening o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 17-fevral kuni Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti aʼzolari hamda Belarus Respublikasi Milliy majlisi Yoshlar parlamenti aʼzolari uchun onlayn shaklda UNFPAning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligida demografik barqarorlik masalalari yuzasidan seminar-trening o‘tkazildi.

Seminar davomida Yoshlar parlamenti aʼzolari aholining barqaror rivojlanishi, demografik o‘sish va ijtimoiy siyosat sohasidagi eng yaxshi xalqaro tajriba bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Trening ishtirokchilari muammolarni tahlil qilish, yechimlar ishlab chiqish va amaliy tavsiyalarni muhokama qilish bo‘yicha mashg‘ulotlarda faol qatnashdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling