Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 3-sentabr kuni Belarus Respublikasining Vitebsk shahrida “O‘zbekiston – Belarus: hamkorlik barqaror rivojlanish omili sifatida” mavzusida O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumining yalpi majlisi o‘tkazildi.

Tadbirni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Yalpi majlis ochilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko tomonidan yo‘llangan murojaatlar o‘qib eshittirildi.

Ushbu murojaatlarda ikki davlat rahbarlarining ayollar ishtirokidagi biznes hamkorlikni rivojlantirishga qaratayotgan eʼtibori alohida taʼkidlandi.

Tadbirda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati, uning istiqbollari, xususan, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, savdo-iqtisodiy, investitsion va madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Biznes-forum natijalari samarali va amaliy jihatdan boy bo‘ldi. Forum doirasida 140 million AQSH dollaridan ortiq qiymatga ega 10 ta tijorat bitimi, 3 ta anglashuv memorandumi, 27 ta shartnoma hamda 4 ta “yo‘l xaritasi” imzolandi.

Tadbirda O‘zbekiston va Belarusdan 200 dan ziyod tadbirkorlar ishtirok etdi. Ularning 60 nafari o‘zbekistonlik tadbirkor ayolardir. Tadbirkorlarimiz turli sohalarga taalluqli loyihalarni taqdim etishdi va hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.

Forum ishtirokchilari tomonidan O‘zbekiston va Belarus o‘rtasidagi hamkorlikni yanada chuqurlashtirish, yangi tashabbuslar va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun mustahkam asos yaratilgani taʼkidlandi.

Yalpi majlis yakunida O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi deklaratsiyasi qabul qilindi. Unda hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari belgilab olindi.

O‘zbekiston–Belarus tadbirkor ayollarining  keyingi – to‘rtinchi biznes-forumini O‘zbekistonda, tarixiy shaharlardan birida o‘tkazish rejalashtirilayotgani qayd etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling