Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forumi doirasida milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Belarus tadbirkor ayollarining uchinchi biznes-forum doirasida “Made in Uzbekistan” milliy mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Mazkur milliy ko‘rgazmaga Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva va Belarus Respublikasi Milliy majlisi Respublika Kengashi Raisi Natalya Kochanova tashrif buyurdi.

Ko‘rgazma “Vitebsk” konsert zalida o‘tkazildi. Unda mamlakatimizning qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika, yengil sanoat, elektrotexnika, axborot texnologiyalari, turizm va hunarmandchilik kabi sohalarda ishlab chiqarilgan turli xil mahsulot va xizmatlar keng  namoyish etildi.

Taʼkidlash joizki, “Made in Uzbekistan” brendi ostida taqdim etilgan mahsulotlar O‘zbekistonda mahalliy xomashyo asosida, zamonaviy texnologiyalar yordamida ishlab chiqarilgan bo‘lib, ular sifat va eksportboplik jihatidan xalqaro talablarga to‘la javob beradi.

Shu bilan birga, ko‘rgazmada Belarus Respublikasining milliy mahsulotlari ham namoyish qilindi. Bu ikki mamlakat ishlab chiqaruvchilari o‘rtasida o‘zaro o‘rganish, tajriba almashish va yangi hamkorlik loyihalarini muhokama qilish uchun qulay muhit yaratdi.

Ko‘rgazma doirasida O‘zbekiston va Belarus tadbirkorlari o‘rtasida “B2B” muloqotlar, mahsulot taqdimotlari va savdo uchrashuvlari tashkil etildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling