Valyuta kurslari 20/06/2025
$1 – 12559.26
UZS – -0,47%
€1 – 14413.01
UZS – -0,71%
₽1 – 160.17
UZS – -0,41%
Qidirish
Iqtisod 29/04/2025 O‘zbekiston va Belarus savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

O‘zbekiston va Belarus savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlamoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida vazir Laziz Kudratov va Belarus Respublikasining Favqulodda va muxtor elchisi Aleksandr Ogorodnikov o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tomonlar o‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qildilar hamda 2025-yilga mo‘ljallangan tadbirlar jadvalini ko‘rib chiqdilar.

Oxirgi besh yil ichida Belarus bilan tovar ayirboshlash hajmi qariyb 3 baravar oshdi va 2024 yil oxiriga kelib 714 million dollarni tashkil etdi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Belarus kapitali ishtirokidagi 228 korxona faoliyat ko‘rsatmoqda. Belarusda 100 dan ortiq qo‘shma korxona faoliyat yuritadi.

Tomonlar, shuningdek, o‘zaro savdo hajmini oshirish va sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling