O‘zbekiston va Belarus iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida hamkorlikni muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 19 oktyabr kuni Minsk shahrida Belorus Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish va savdo vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi o‘rtasidagi hamkorlik kelishuvi doirasida uchrashuv o‘tkazildi.
Mazkur uchrashuvda Qo‘mitaning Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i Elmurat Xaitmetov va Belorus Respublikasi vazirligi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish bo‘limi boshlig‘i Janna Kuchevskaya ishtirok etib, sohadagi amaliy ishlar, dolzarb masalalar va yangi islohotlar yuzasidan maʼlumot almashishdi.
Shuningdek, raqamli platformalarda isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Qo‘mita delegatsiyasi Belorusda bo‘lib o‘tayotgan MDHga aʼzo davlatlarning Monopoliyaga qarshi siyosat bo‘yicha davlatlararo kengashining 59-yig‘ilishi va Monopoliyaga qarshi qonunchilik talablarini buzilishi holatlarini birgalikda bartaraf etish bo‘yicha shtabning 45-yig‘ilishida ishtirok etmoqda.