Valyuta kurslari 21/10/2025
$1 – 12060.15
UZS – -0,4%
€1 – 14064.55
UZS – -0,74%
₽1 – 148.87
UZS – -0,15%
Qidirish
O‘zbekiston va Belarus ekspertlari ekologik ekspertiza sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Belarus ekspertlari ekologik ekspertiza sohasida hamkorlikni kengaytiradi

O‘zbekiston va Belarus ekspertlari ekologik ekspertiza sohasida hamkorlikni kengaytiradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazida Belarus Respublikasi Tabiat resurslari va atrof-muhitni muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Davlat ekologik ekspertizasi, kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash Respublika markazi delegatsiyasi bilan hamkorlik to‘g‘risidagi Memorandumni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur Memorandum ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni mustahkamlash va ekologiya sohasidagi ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirish va kadrlar salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan. Memorandumning asosiy yo‘nalishlari:

Atrof-muhitga taʼsirni baholash, davlat ekologik ekspertizasi jarayonlarini takomillashtirish va zamonaviy ilmiy yondashuvlarni amaliyotga joriy etish.

O‘zbekiston va Belarus ekspertlari uchun qo‘shma seminarlar, malaka oshirish kurslari va ilmiy-amaliy forumlarni o‘tkazish orqali tajriba almashishni kuchaytirish.

Ekologik ekspertiza jarayonlarida raqamli maʼlumotlar bazasi, onlayn tahlil tizimlari va innovatsion usullarni joriy etish bo‘yicha hamkorlik qilish.

Ikki mamlakat olimlari va mutaxassislari o‘rtasida ilmiy tadqiqot loyihalarini amalga oshirish, ekologik xavfsizlikni taʼminlash sohasida qo‘shma tadqiqotlarni amalga oshirish..

Hamkorlikda ekologik normalar va qoidalar, standartlar, uslubiy va o‘quv qo‘llanmalar ishlab chiqish

Ekologik ekspertiza va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida xalqaro tashabbuslar doirasida birgalikda ishtirok etish.

Mazkur hujjat  ekologik sohada  ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlaydi. Shu orqali ekologiya yo‘nalishida kadrlar salohiyatini oshirish, innovatsion yondashuvlar va ilmiy yangiliklarni amaliyotga tatbiq etish ko‘zda tutilgan.

 Memorandum, shuningdek, axborot almashinuvi, malaka oshirish, ilmiy tadqiqotlar va ekspertlar uchun maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish kabi yo‘nalishlarni ham o‘z ichiga oladi.

Tadbirda ishtirok etdilar:

Belarus Respublikasi delegatsiyasi rahbari, Respublika markazi direktori Aleksandr Bulak;

O‘zbekiston tomonidan “Davlat ekologik ekspertizasi markazi” DM bosh direktori G‘ayrat Muxamedov;

Ikki davlat vazirliklari va muassasalari vakillari, ekologik ekspertlar hamda OAV vakillari ishtirok etadi.

Kutilayotgan natijalar:

Memorandumni amalga oshirish natijasida:

O‘zbekiston va Belarus o‘rtasida ekologik ekspertiza sohasidagi hamkorlik institutsional darajada mustahkamlanadi;

Xalqaro ekologik talablarga muvofiqlashgan normativ-texnik hujjatlar, standartlar ishlab chiqishda ilmiy-texnikaviy hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi;

atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida malakali kadrlar tayyorlash tizimi rivojlanadi;

ikki mamlakat ekspertlari o‘rtasida doimiy axborot almashinuvi va hamkorlik platformasi yaratiladi.

Maʼlumot uchun

Belarus delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi 2025-yil 20–23-oktabr kunlari davom etadi. Tashrif doirasida Toshkent shahridagi Davlat ekologik ekspertizasi markazi, Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim o‘zgarishini o‘rganish universiteti (Green University) va Qo‘ng‘irot soda zavodidagi uchrashuv va tashriflar rejalashtirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling