Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
O‘zbekiston va Bangladesh savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Bangladesh savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va Bangladesh savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 23 oktyabr kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Alisher Shayxov Bangladesh Xalq Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Monirul Islom bilan uchrashdi.

Mazkur uchrashuv O‘zbekiston va Bangladesh o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni yana-da mustahkamlash, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni yo‘lga qo‘yish maqsadida tashkil etildi.

Suhbat davomida tomonlar to‘qimachilik sanoati, farmatsevtika, jut ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi va baliqchilik sohalarida biznes aloqalarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, O‘zbekiston va Bangladesh ishbilarmon doiralari o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish, ikki mamlakat o‘rtasida turizm va madaniy aloqalarni rivojlantirish hamda Bangladeshdan malakali mutaxassislarni O‘zbekistonga jalb etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv samimiy va konstruktiv muhitda o‘tib, tomonlar yangi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling