O‘zbekiston va Bahrayn turizm hamkorligini mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Turizm qo‘mitasi raisi Umid Shadiyev Ar-Riyod shahrida (Saudiya Arabistoni) Butunjahon turizm tashkiloti Bosh Assambleyasining 26-sessiyasi doirasida Bahrayn Qirolligi Turizm vaziri Fotima Al-Sayrafiy bilan uchrashdi.
Muzokaralar davomida tomonlar turizm sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan tashabbuslarni muhokama qildilar.
Bahraynning nufuzli ommaviy axborot vositalari orqali O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini targ‘ib etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Bundan tashqari, maqsadli xorijiy bozorlarni o‘rganish va turistik mahsulotlarni ilgari surish bo‘yicha tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish haqida kelishuvga erishildi.
Xususan, tomonlar Bahraynda ishlab chiqilgan sayyohlik salohiyatini tahlil qilish va targ‘ib etishning zamonaviy uslublariga asoslangan maxsus raqamli platformadan foydalanishga qiziqish bildirdilar.