Valyuta kurslari 24/10/2025
$1 – 12129.33
UZS – 0,23%
€1 – 14061.53
UZS – 0,21%
₽1 – 149.17
UZS – 0,78%
Qidirish
O‘zbekiston va BAA sunʼiy intellekt sohasida hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va BAA sunʼiy intellekt sohasida hamkorlikni muhokama qildi

O‘zbekiston va BAA sunʼiy intellekt sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (Agentlik) tegishli idoralar bilan birgalikda davlat rahbari tomonidan belgilangan ustuvorliklarga muvofiq sunʼiy intellekt sohasidagi ilg‘or xalqaro amaliyotlarni o‘rganish va joriy etish buyicha ishlar olib bormoqda.

2025 yil 23 oktyabr kuni Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari Vyacheslav Pak boshchiligidagi O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Dubayda Birlashgan Arab Amirliklarining (BAA) Sunʼiy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofadan turib ishlash bo‘yicha davlat vaziri Umar Sulton Al Olama bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Agentlik va BAA Sunʼiy intellekt, raqamli iqtisodiyot va masofadan turib ishlash vazirligi o‘rtasida davlat boshqaruvida sunʼiy intellektni joriy etish sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, BAAning sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalangan holda loyihalarni tanlash va baholash tajribasini o‘rganish hamda kadrlarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.

Bundan tashqari, yagona integrator Uzinfokom vakillari sunʼiy intellekt axborot tizimlari va ilovalarini ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha o‘z tajribalarini taqdim etdilar, bu ham o‘z navbatida, BAA vakillarining qiziqishini uyg‘otdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar sunʼiy intellekt sohasida kelgusidagi hamkorlik, o‘zaro tajriba almashish va o‘quv tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling