O‘zbekiston va BAA savdo, investitsiyalar va barqaror rivojlanish sohalarida hamkorlikni mustahkamlamoqda
O‘zbekiston va BAA savdo, investitsiyalar va barqaror rivojlanish sohalarida hamkorlikni mustahkamlamoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev Abu-Dabida o‘tayotgan Abu Dhabi Sustainability Week tadbirlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklari Bosh vazirining o‘rinbosari va tashqi ishlar vaziri Abdulla bin Zoid Ol Nahayyon bilan uchrashuv o‘tkazdi.
BAA Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi strategik sheriklik masalalarini, shuningdek savdo, investitsiyalar, qayta tiklanuvchi energetika va ekologik barqarorlikni o‘z ichiga olgan asosiy sohalarda hamkorlikni yana-da chuqurlashtirish yo‘llarini muhokama qildilar. 2026 yilda o‘tkaziladigan Abu Dhabi Sustainability Week‘ning barqaror rivojlanish sohasida xalqaro hamkorlikni ilgari surishga xizmat qiladigan global platforma sifatidagi o‘rniga alohida eʼtibor qaratildi.
Shayx Abdulla ikki tomonlama munosabatlar jadal rivojlanayotganini taʼkidlab, barqaror iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotga xizmat qiladigan yo‘nalishlarda do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga bo‘lgan umumiy intilishni qayd etdi. Shuningdek, tomonlar hozirgi mintaqaviy va xalqaro vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuvda BAA energetika va infratuzilma vaziri Sulayh bin Muhammad Ol Mazruiy ham ishtirok etdi.