Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
O‘zbekiston va Avstriya delegatsiyalari viza va migratsiya masalalari bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar

O‘zbekiston va Avstriya delegatsiyalari viza va migratsiya masalalari bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar

O‘zbekiston va Avstriya delegatsiyalari viza va migratsiya masalalari bo‘yicha ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Vena shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Avstriya Respublikasi Tashqi ishlar vazirliklarining Konsullik xizmatlari o‘rtasida ilk konsullik maslahatlashuvi bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinib, quyidagi kelishuvlarga erishildi:

- migratsiya va mobillik sohasidagi hamkorlik to‘g‘risidagi Bitim loyihasi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirish, bu orqali mazkur yo‘nalishdagi o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirish;

- diplomatik passport egalariga viza berish tartibi yuzasidan hukumatlararo kelishuvni ishlab chiqish;

- O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan berilgan apostillarni tan olish masalasini qayta ko‘rib chiqish;

- O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga vizalarni Astana shahridagi Avstriyaning diplomatik vakolatxonasi orqali rasmiylashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqish.

Tomonlar ushbu maslahatlashuvlar ikki mamlakat o‘rtasidagi konsullik va gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling