Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
O‘zbekiston va AQSH viza tartib-qoidalarini soddalashtirish masalasini muhokama qiladi

O‘zbekiston va AQSH viza tartib-qoidalarini soddalashtirish masalasini muhokama qiladi

O‘zbekiston va AQSH viza tartib-qoidalarini soddalashtirish masalasini muhokama qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Amerika Qo‘shma Shtatlari fuqarolar hamda biznes vakillari uchun viza tartib-qoidalarini soddalashtirish masalasini muhokama qilishni rejalashtirmoqda, deya maʼlum qildi transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi parki yangi Boeing samolyotlari hisobiga kengayishi natijasida AQSH shaharlariga reyslar soni ham oshishi kutilmoqda.

«O‘zbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida Jasurbek Choriyev taʼkidlashicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlariga tashrifi viza rejimini liberallashtirish, turizmni rivojlantirish va to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni kengaytirish uchun muhim zamin yaratadi.

«Prezidentimizning tashrifi — bu muxim qadam. Davlat rahbari hamkorlik eshiklarini ochmoqda. Qachonki ikki davlat rahbarlari transport kabi strategik yo‘nalishlarda kelishuvga erishsalar, biz uchun qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish ancha osonlashadi. Oldimizda bir qator vazifalar turibdi va AQSHning bu borada tajribasi katta, ammo bizda ham taklif etadigan narsalarimiz bor», — dedi Choriyev.

U, shuningdek, Boeing korporatsiyasi bilan 22 ta keng fyuzelyajli Boeing 787-9 Dreamliner samolyotini yetkazib berish bo‘yicha imzolangan shartnoma haqida eslab o‘tdi.

Ushbu samolyotlar Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga uzoq masofali parvozlar geografiyasini kengaytirish, jumladan, Amerikada yangi yo‘nalishlarni ochish imkonini beradi. Hozirda aviakompaniya Toshkent va Nyu-York shaharlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni amalga oshirmoqda.

Vazir o‘rinbosarining taʼkidlashicha, mamlakatlar o‘rtasida imzolangan kelishuvlar turizmni rivojlantirish, biznes aloqalarni mustahkamlash va o‘zaro sayohatlar sonini oshirishga xizmat qiladi.

«Yaqinda 2026 yil 1 yanvardan boshlab AQSH fuqarolari uchun 30 kunlik vizasiz rejim joriy etish bo‘yicha qaror qabul qilindi. Shu bilan birga, bizning fuqarolarimiz va biznes vakillarimiz uchun ham sayohatlarni yengillashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmoqda», — deb qo‘shimcha qildi Cho‘riyev.

Ayni paytda vizasiz rejim AQSHdan kelayotgan 55 yoshdan katta turistlarga tatbiq etiladi. 15 mayda qabul qilingan turistik oqimni ko‘paytirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoyishiga muvofiq, Tashqi ishlar vazirligiga AQSH tomoni bilan O‘zbekiston fuqarolari uchun viza talablarini yengillashtirish masalasida muzokaralar boshlash topshirilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling