Valyuta kurslari 06/02/2026
$1 – 12279.48
UZS – 0,11%
€1 – 14508.21
UZS – 0,11%
₽1 – 159.25
UZS – 0,11%
Qidirish
O‘zbekiston va AQSH standartlashtirish sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va AQSH standartlashtirish sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

O‘zbekiston va AQSH standartlashtirish sohasida hamkorlikni kuchaytirmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Amerika Qo‘shma Shtatlari poytaxti Vashington shahrida O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktori Akmal Jumanazarov UL Standards & Engagement (ULSE) tashkiloti vitse-prezidenti Sonya Bird bilan uchrashuv o‘tkazdi. =

Uchrashuvda AQSH bozoriga chiqishda UL standartlari hamda UL Solutions tomonidan berilgan sertifikatlar ahamiyatini inobatga olgan holda, O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari, kabel, alyuminiy kompozit panellari, bazalt, antifriz, havo filtrlari, AUS32 turidagi mahsulotlar, yuqori kuchlanishli liniya simlari va vitrinali sovutgichlar ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan katta qiziqish mavjudligi taʼkidlandi.

Shuningdek, standartlashtirish, sinov va sertifikatlashtirish hamda malakali kadrlar tayyorlash sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Uchrashuv yakunida qo‘shma loyihalar va hamkorlik dasturini imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling