Valyuta kurslari 16/10/2025
$1 – 12233.67
UZS – 0,4%
€1 – 14233.88
UZS – 1,08%
₽1 – 154.84
UZS – 1,48%
Qidirish
O‘zbekiston va AQSH sarmoya va savdo sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSH sarmoya va savdo sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSH sarmoya va savdo sohasida hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov hamda AQSh savdo vaziri Xovard Latnik oʻrtasida boʻlib oʻtgan videokonferensiya chog‘ida savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari muhokama qilindi.

Tomonlar ikki davlat oʻrtasidagi strategik sheriklikning yuqori darajasini qayd etib, sanoat, energetika, konchilik, raqamli texnologiyalar, transport va innovatsion infratuzilma sohalarida oʻzaro hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Muloqot davomida kritik minerallar, sanoat kooperatsiyasi va ilg‘or texnologik yechimlarni ishlab chiqarishga joriy etish yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, institutsional hamkorlikni chuqurlashtirish, ta’lim va kasbiy almashinuv dasturlarini qo‘llab-quvvatlash, hududlararo aloqalarni kengaytirish hamda AQSh moliya institutlarini O‘zbekistondagi investitsiya loyihalariga jalb qilish muhimligi ta’kidlandi.

Tomonlar amaliy hamkorlikni faollashtirish va yaqinlashib kelayotgan ikki tomonlama tadbirlar doirasida muloqotni davom ettirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling