O‘zbekiston va AQSh qishloq xo‘jaligida hamkorlik yo‘nalishlarini kengaytiradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 18-sentabrda Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Alisher Shukurov AQSh Qishloq xo‘jaligi vazirligining savdo va xorijiy qishloq xo‘jaligi ishlari bo‘yicha maslahatchisi Jeyson Xafemeyster bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar, shuningdek, AQSH bozoriga mahalliy agrar mahsulotlarni eksport qilish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar kelgusida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, innovatsion texnologiyalar va tajribalarni almashish, shuningdek, ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash yuzasidan kelishib oldilar.
Uchrashuv do‘stona va samarali muhitda o‘tdi hamda O‘zbekiston agrar sektori uchun yangi imkoniyatlar ochishi kutilmoqda.