Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 19/03/2025 O‘zbekiston va AQSh iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

O‘zbekiston va AQSh iqtisodiy hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 19-mart kuni Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida AQSh Kongressi Vakillar palatasining G‘arbiy Virjiniya shtatidan a’zosi Kerol Miller bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari muhokama qilindi. Amalga oshirilayotgan qo‘shma loyihalar, turli sohalardagi hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

AQSH bilan iqtisodiy aloqalarni chuqurlashtirish muhimligi taʼkidlanib, sanoat, foydali qazilmalar, investitsiyalar va savdo kabi muhim sohalarda sheriklikni rivojlantirishga qiziqish bildirildi.

Kerol Miller, o‘z navbatida, O‘zbekistonning yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish va ikki mamlakatning iqtisodiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli tashabbuslarni amalga oshirish maqsadida muloqotni davom ettirish va hamkorlikni faollashtirishga tayyorliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling