Valyuta kurslari 10/07/2025
$1 – 12653.32
UZS – -0,46%
€1 – 14822.10
UZS – -0,71%
₽1 – 161.89
UZS – -0,46%
Qidirish
Iqtisod 10/07/2025 O‘zbekiston va Anadolu Isuzu avtomobilsozlik sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida

O‘zbekiston va Anadolu Isuzu avtomobilsozlik sohasida hamkorlikni kengaytirish niyatida

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 8 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Turkiyaning Anadolu Isuzu kompaniyasi bosh direktori Tugrul Arikan bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muzokaralar chog‘ida avtomobilsozlik sohasida sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishda tarmoqni modernizatsiya qilish, ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirish hamda O‘zbekistonning tashqi bozorlardagi pozitsiyalarini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma tashabbuslarda ishtirok etishga qiziqish bildirganliklarini tasdiqladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling