Valyuta kurslari 10/10/2025
$1 – 12123.38
UZS – 0,43%
€1 – 14094.64
UZS – 0,56%
₽1 – 149.19
UZS – 0,8%
Qidirish
O‘zbekiston va Amazon Kuiper sun’iy yo‘ldoshli internetni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Amazon Kuiper sun’iy yo‘ldoshli internetni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi

O‘zbekiston va Amazon Kuiper sun’iy yo‘ldoshli internetni rivojlantirish bo‘yicha memorandum imzoladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov AQShning Amazon Kuiper kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida tomonlar raqamli infratuzilmani rivojlantirish va keng polosali internet xizmatlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha Raqamli texnologiyalar vazirligi va Amazon Kuiper Commercial Services LLC o‘rtasida anglashuv memorandumi (Memorandum of Understanding) imzolandi.

Hujjat “Project Kuiper” sun’iy yo‘ldosh tarmog‘i orqali mamlakat hududida yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini yo‘lga qo‘yish hamda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab berdi.

Amazon Kuiper — bu Amazon korporatsiyasining sun’iy yo‘ldosh internet loyihasi bilan shug‘ullanuvchi bo‘linmasi bo‘lib, u Yer orbitasidagi (LEO) yo‘ldoshlar orqali butun dunyo bo‘ylab yuqori tezlikdagi internet xizmatlarini taqdim etishni maqsad qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling