Valyuta kurslari 26/09/2025
$1 – 12199.71
UZS – -0,16%
€1 – 14328.56
UZS – -0,35%
₽1 – 146.09
UZS – 0,08%
Qidirish
O‘zbekiston va Albaniya tashqi ishlar vazirlari muntazam siyosiy maslahatlashuvlar o‘tkazishga kelishib oldilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Albaniyaning Yevropa va tashqi ishlar vaziri Elisa Spiropali bilan uchrashdi.

Muloqot chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy sohalardagi hamkorlikning keng imkoniyatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston va Albaniya tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida muntazam siyosiy maslahatlashuvlarni o‘tkazishni nazarda tutuvchi idoralararo hamkorlik to‘g‘risidagi protokol imzolandi.

Ushbu hujjat ikki tomonlama muloqotni mustahkamlash, o‘zaro anglashuvni chuqurlashtirish va sheriklik istiqbollarini kengaytirish uchun mustahkam zamin yaratadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling