Valyuta kurslari 18/02/2026
$1 – 12137.86
UZS – -0,44%
€1 – 14379.72
UZS – -0,59%
₽1 – 158.13
UZS – -0,24%
Qidirish
O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari Mozori-Sharifda uchrashdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari Mozori-Sharifda uchrashdi

O‘zbekiston va Afg‘oniston tadbirkorlari Mozori-Sharifda uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 17 fevral kuni Mozori-Sharif shahrida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan O‘zbekiston va Afg‘oniston xususiy sektor vakillari ishtirokida biznes uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Afg‘onistondan 150 nafar tadbirkor, O‘zbekistondan esa 50 dan ortiq kompaniya vakillari qatnashdi. Uchrashuvlar oziq-ovqat sanoati, qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va qishloq xo‘jaligi kabi yo‘nalishlarda tashkil etildi.

Forum ochilishida Balx viloyati hokimiyati, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi hamda Afg‘oniston Savdo va investitsiya palatasi vakillari so‘zga chiqdi.

Taʼkidlanganidek, 2025 yil davomida Kobul va Mozori-Sharifda o‘tkazilgan tadbirlarda qariyb 400 ta o‘zbek kompaniyasi ishtirok etib, umumiy qiymati 250 million dollaridan ziyod shartnomalar imzolangan.

Hozirda Afg‘oniston bozorida O‘zbekiston Savdo uylari faoliyat yuritmoqda. Jumladan, Kobul shahridagi savdo uyi shourum va omborxonaga ega bo‘lib, qurilish materiallari va oziq-ovqat mahsulotlarini taqdim etmoqda. Mozori-Sharifdagi savdo uyi esa qurilish materiallari, oziq-ovqat, tibbiy anjomlar, farmatsevtika va elektr texnikasi mahsulotlariga ixtisoslashgan.

2025 yil yakuniga ko‘ra ikki davlat o‘rtasidagi tashqi savdo aylanmasi 1,8 milliard AQSH dollarini tashkil etib, 2024 yilga nisbatan 50 foizga oshgan.

Uchrashuv yakunida tomonlar 205 million dollarlik dastlabki kelishuvlarga erishdi. Mazkur biznes missiya yangi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilash, savdo hajmini oshirish va investitsiya salohiyatini rivojlantirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

 

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling