O‘zbekiston va Afg‘oniston 4,5 million dollarlik shartnomalarni imzoladi
(Surat: Tasnim)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston va Afg‘oniston ishbilarmon doiralari 4,5 million dollarlik savdo shartnomalarini imzoladi. Bu haqda Tasnim xabar bermoqda.
«Tolibon»ning Sanoat va savdo vazirligi ma’lum qilishicha, ikki davlatning xususiy sektor vakillari umumiy qiymati 4,5 million dollarga teng bo‘lgan shartnomalarni imzolagan.