Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 19/03/2025 O‘zbekiston va Action Group Holdings konchilik sanoatidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda

O‘zbekiston va Action Group Holdings konchilik sanoatidagi hamkorlikni muhokama qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazir o‘rinbosari U. Yusupov, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Action Group Holdings kompaniyasi ijro qo‘mitasi a’zosi M.Abdulloh rahbarligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Xorij delegatsiyasi rahbari uchrashuvning tashkil qilinganidan minnatdor ekanini bildirib, O‘zbekistonda tog‘-kon sanoati sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, investorlarga yaratilayotgan sharoitlar katta qiziqish uyg‘otgani, xususan muhim minerallar yo‘nalishida hamkorlikni mustahkamlash kerakligini ta’kidladi.

Vazirlik rahbariyati, mutasaddilar vazirlikning asosiy maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berib, investitsiya muhitini yaxshilash hamda o‘zaro hamkorlikka tayyorligini qayd etdilar.

Shuningdek, uchrashuvda 2024-yilda Prezident Qarori bilan “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ tashkil qilingani, litiy, grafit, volfram, tantal-niobiy, magniy kabi muhim xomashyo zaxiralaridan unumli foydalanish, ularni chuqur qayta ishlash orqali yuqori qiymatli mahsulot zanjirini yaratish uning asosiy vazifalari etib belgilanganiga urg‘u berildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling