Valyuta kurslari 05/09/2025
$1 – 12437.15
UZS – 0,51%
€1 – 14480.57
UZS – 0,39%
₽1 – 153.34
UZS – 0,14%
Qidirish
O‘zbekiston-Ummon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Ummon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston-Ummon siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 5-sentabr kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi va O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi o‘tkazildi.

Delegatsiyalarga O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Baxromjon A’loyev hamda O‘mon Sultonligi tashqi ishlar vazirining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Shayx Xalifa bin Ali al-Xarisiy rahbarlik qildi.

Muzokaralarda O‘zbekiston–O‘mon munosabatlarining joriy holati va rivojlanish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi. Tomonlar siyosiy muloqotni chuqurlashtirish, parlamentlararo aloqalarni mustahkamlash, hamkorlikning shartnoma-huquqiy bazasini kengaytirish va xalqaro tashkilotlar doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

Asosiy e’tibor iqtisodiy diplomatiyani faollashtirish masalalariga qaratildi. Ikki tomon tashqi savdo hajmini oshirish va uni diversifikatsiya qilish, shuningdek, qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirish yuzasidan choralar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Shuningdek, madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, ta’lim, ilmiy-tadqiqot va turizm sohalarida sheriklikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibining ayrim masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.

Maslahatlashuvlar yakunida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘mon Sultonligi Tashqi ishlar vazirligi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan Qo‘shma Harakatlar Rejasi imzolandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling