Valyuta kurslari 27/06/2025
$1 – 12586.41
UZS – 0,44%
€1 – 14758.82
UZS – 1,52%
₽1 – 160.42
UZS – 0,38%
Qidirish
O‘zbekiston 27/06/2025 O‘zbekiston — Ummon migratsiya sohasida hamkorlik muhokamasi

O‘zbekiston — Ummon migratsiya sohasida hamkorlik muhokamasi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Respublika Kasbiy ko‘nikmalar markazida Migratsiya agentligi rahbariyati hamda Ummon sultonligi Mehnat vaziri Maxad Said Baavayn boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida muzokarlar bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda ikki davlatning migratsiya yo‘nalishidagi mavjud imkoniyatlari tahlil qilindi.

Ummon o‘z aholisi soniga nisbatan katta hajmda chet ellik ishchilarni qabul qiladi, va bu borada hukumat aniq qoidalar bilan ish olib boradi. Mamlakat mehnat bozorida qurilish, logistika, maishiy soha, haydovchilar, shifokorlar va texnik mutaxassislarga talab yuqori.

"Davlatimiz mehnat bozorida yiliga 240 ming ish o‘rni ochiladi, shundan 200 mingi xorijliklar uchun, asosiy masala — mutaxassislarni malaka va ko‘nikmasi. Mehnat huquqlariga rioya qilishda jiddiy yondashamiz, lekin buni nazorat qilish uchun ikki tomonlama kelishuvlar muhim ahamiyatga ega", - dedi Ummon sultonligi Mehnat vaziri Maxad Said Baavayn.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat o‘rtasida hamkorlik memorandumini ishlab chiqishga kelishildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling