O‘zbekiston U-17 terma jamoasi o‘rtoqlik uchrashuvida “Chertanovo” bilan durang o‘ynadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) joriy yil Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlikni davom ettirmoqda.
Rossiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini doirasida jamoa Moskvaning “Chertanovo” klubiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.
Bellashuv 1:1 hisobida durang bilan yakunlandi. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Asilbek Aliyev gol muallifi bo‘ldi.
Bu Rossiya yig‘inidagi ikkinchi o‘yin bo‘ldi: avvalroq yurtdoshlarimiz SSKA yoshlar jamoasini 1:0 hisobida mag‘lub etgan edilar.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-17 terma jamoasi Osiyo chempioni hisoblanadi va jahon chempionatida yuqori maqsadlar bilan qatnashishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.