Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi JCH 1/16 finalida Xorvatiyaga qarshi o‘ynaydi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasi hozirda Qatarda bo‘lib o‘tayotgan 2020-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionati pley-off bosqichidagi raqibini aniqladi.
Jamoamiz Panama terma jamoasini 6:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratib, olti ochko to‘pladi va “J” guruhida ikkinchi o‘rinni egallab, pley-off bosqichiga yo‘l oldi.
1/16 finalda o‘zbekistonlik futbolchilar “S” guruhida yetti ochko bilan ikkinchi bo‘lib finish qilgan Xorvatiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
O‘zbekiston va Xorvatiya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 14 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.