O‘zbekiston U-17 Marokko bilan durang o‘ynadi
O‘zbekiston U-17 Marokko bilan durang o‘ynadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi (U-17) Marokko jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazdi. O‘yin qirollik poytaxti Rabot shahrida bo‘lib o‘tdi va 2:2 hisobida yakunlandi.
Marokko jamoasi hisobni 2-daqiqada ochdi, biroq 4-daqiqada Laziz Abduraimov hisobni tenglashtirdi. 27-daqiqada O‘zbekiston terma jamoasining ikkinchi golini Axror Ravshenbekov kiritdi. Ikkinchi bo‘limning qo‘shimcha vaqtida raqib jamoa hisobni tenglashtirib, o‘yin natijasini belgiladi.
Qayd etish joiz, birinchi o‘rtoqlik uchrashuvida O‘zbekiston jamoasi Marokko ustidan 4:3 hisobida g‘alaba qozongan edi. Shuningdek, Marokko jamoasi 2025 yilgi U-17 Afrika kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi.