O'zbekiston Turkmaniston bilan xalqaro shartnomani tasdiqladi

O'zbekiston Turkmaniston bilan xalqaro shartnomani tasdiqladi

O'zbekiston Turkmaniston bilan xalqaro shartnomani tasdiqladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, O‘zbekiston Hukumati bilan Turkmaniston Hukumati o‘rtasida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularning oqibatlarini bartaraf etish sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitimga qo‘shimcha kiritish haqidagi bayonnoma tasdiqlandi.

Bitim 2025 yil 17 noyabrda Toshkent shahrida imzolangan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.

Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomaning kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillari bajarilganligi hamda uni amalga oshirish uchun masʼul bo‘lgan vakolatli organ to‘g‘risida Turkmaniston tomoniga tegishli bildirishnoma yuboradi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling