Valyuta kurslari 24/06/2025
$1 – 12410.99
UZS – -0,69%
€1 – 14237.89
UZS – -1,16%
₽1 – 158.38
UZS – -0,63%
Qidirish
Iqtisod 24/03/2025 O‘zbekiston – Turkiya: Charm sanoatida yangi strategik hamkorlik

O‘zbekiston – Turkiya: Charm sanoatida yangi strategik hamkorlik

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) —Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan “AYMOD-2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida “O‘zcharmsanoat” uyushmasi va unga a’zo korxonalar jamoaviy stend bilan ishtirok etmoqda.

Ko‘rgazma doirasida Istanbul charm va charm mahsulotlari eksportchilari uyushmasi bilan muzokaralar o‘tkazildi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston korxonalari va Turkiyaning yetakchi charm ishlab chiqaruvchi kompaniyalari o‘rtasida biznes aloqalarni o‘rnatish masalasi muhokama qilindi.

Konya Savdo-sanoat palatasi vakili bilan turkiyalik investorlar kapitali asosida O‘zbekistonda yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muzokaralar olib borildi.

Xitoyning yirik homashyo ishlab chiqaruvchi korxonalari ham O‘zbekistonga qiziqish bildirmoqda. Xususan, Farg‘ona viloyatida qo‘shma ishlab chiqarish loyihasini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling