O‘zbekiston turizm sohasi imkoniyatlari taqdimoti
O‘zbekiston turizm sohasi imkoniyatlari taqdimoti
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Ipak yo‘lida turizm” 30-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasi rasmiy ochilishdan so‘ng ishtirokchilar ko‘rgazma stendlari bilan tanishdilar.
Mehmonlar O‘zbekistonning turli viloyatlari va shaharlaridagi sayyohlik salohiyati, tarixiy va madaniy merosi bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar. Har bir viloyat o‘zining maxsus stendi orqali milliy an’analari, gastronomiyasi va sayyohlik imkoniyatlarini taqdim etdi.
Shuningdek, mehmonlar ko‘rgazma doirasida turli viloyatlarning madaniy va an’anaviy mahsulotlari, suvenirlar va turistik yo‘nalishlari bilan yaqindan tanishdilar. Ko‘rgazma davomida ishtirokchilar milliy raqs va musiqiy chiqishlar, shuningdek, an’anaviy hunarmandchilik namunalarini tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Bundan tashqari, yarmarka mehmonlari uchun O‘zbekistonning turistik marshrutlari, dam olish maskanlari va tabiiy go‘zalliklarini aks ettiruvchi vizual taqdimotlar tashkil etildi.