Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston transport vaziri Xitoy kompaniyasi bilan Toshkent metropolitenini rivojlantirish masalalarini muhokama qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Transport vaziri Ilhom Maxkamov Xitoyning "Tianjin Rail Transit Group" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi U Bintszyun bilan uchrashdi.
Uchrashuvda tomonlar shahar transport infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni muhokama etishdi.
Xususan, Toshkent metropoliteni mavjud bekatlarini modernizatsiya qilish va yangi bekatlar qurilishi loyihalari doirasidagi hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar muhokama etilgan masalalar yuzasidan kelgusi qadamlarni belgilab, ushbu yo‘nalishda hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldi.