Valyuta kurslari 06/03/2026
$1 – 12175.53
UZS – -0,04%
€1 – 14151.62
UZS – 0,09%
₽1 – 155.08
UZS – -1,05%
Qidirish
O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram-botni ishga tushirdi

O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram-botni ishga tushirdi

O‘zbekiston TIV Yaqin Sharqdagi fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash uchun Telegram-botni ishga tushirdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Yaqin Sharq mamlakatlarida bo‘lib turgan fuqarolar murojaatlarini tezkor qabul qilish maqsadida maxsus Telegram-bot — @tivyordambot ni ishga tushirdi.

Ushbu bot orqali vatandoshlar konsullik masalalari bo‘yicha murojaat yuborishlari, o‘z joylashuvi va mavjud vaziyati haqida maʼlumot berishlari, zarurat tug‘ilganda esa shoshilinch yordam so‘rashlari mumkin. TIVda taʼkidlanishicha, diplomatik vakolatxonalar murojaatlarga tezkor javob qaytarishi va zarur yordam ko‘rsatishi uchun aniq va to‘liq maʼlumotlarni ko‘rsatish muhim hisoblanadi.

O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tegishli xorijiy idoralar bilan doimiy aloqada bo‘lib, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash va ularning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling