O‘zbekiston TIV rahbari maslahatchisi Norvegiya elchisi bilan uchrashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning 21-may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri maslahatchisi Munira Aminova Norvegiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Jon Mikala Kvistad bilan uchrashdi.
Tomonlar ekologiya, iqlim, migratsiya, to‘qimachilik sanoati va baliqchilik kabi qator muhim yo‘nalishlarda ikki tomonlama hamkorlikni chuqurlashtirish istiqbollarini muhokama qildi. Norvegiya tomoni beshta shimoliy mamlakatlar ishtirokida mintaqaviy hamkorlik, jumladan, ilmiy va taʼlim loyihalarini ilgari surish sohasida tajriba almashishga tayyorligini tasdiqladi.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Norvegiya o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish va chuqurlashtirish, tomonlar uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha aniq qadamlar ishlab chiqishdan manfaatdor ekanliklari bildirishdi.