Valyuta kurslari 30/07/2025
$1 – 12500.01
UZS – -0,11%
€1 – 14471.26
UZS – -0,89%
₽1 – 151.96
UZS – -2,85%
Qidirish
O‘zbekiston 08/07/2025 O‘zbekiston TIV rahbari Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

O‘zbekiston TIV rahbari Indoneziyaning yangi tayinlangan elchisidan ishonch yorliqlarini qabul qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Indoneziya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Siti Ruxaini Juxayatindan ishonch yorliqlarining nusxasini qabul qildi.

Uchrashuv chog‘ida vazir yangi tayinlangan elchini samimiy qutlab, uning mamlakatimizdagi diplomatik missiyasi ikki tomonlama munosabatlarni yana-da mustahkamlashga xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

Tomonlar O‘zbekiston va Indoneziya o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar va taʼlim sohalaridagi hamkorlik ijobiy surʼat bilan rivojlanayotganini qayd etdilar. Xususan, tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi faol muloqotni davom ettirish, shuningdek, OIS va Bitta tomonga qo‘shilmaslik harakati kabi xalqaro va mintaqaviy tuzilmalar doirasida hamkorlik muhim ekani taʼkidlandi.

Baxtiyor Saidov Indoneziya elchisiga O‘zbekistonda muvaffaqiyatli va samarali faoliyat tilab, ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan qo‘shma loyihalar va tashabbuslarni amalga oshirishda to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling