O‘zbekiston TIV: mamlakat Afg‘onistonda zilziladan jabr ko‘rganlarga yordam ko‘rsatishga tayyor
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ko‘plab qurbonlar va katta vayronagarchilikka olib kelgan halokatli zilzila munosabati bilan Afg‘oniston xalqi va hukumatiga taʼziya izhor qildi.
«Halok bo‘lganlarning oilalariga chin yurakdan hamdardlik bildiramiz va jabrlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tilaymiz. Afg‘onistonning birodar xalqining og‘ir damlarda yondamiz va ushbu fojeaviy ofat oqibatlarini bartaraf etishda har tomonlama yordam ko‘rsatishga tayyor ekanimizni tasdiqlaymiz», — dedi vazir.
TIV rahbarining taʼkidlashicha, O‘zbekiston ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun zarur gumanitar ko‘mak va yordam ko‘rsatishga, shuningdek jabr ko‘rgan aholiga yordam berish maqsadida ikki tomonlama hamkorlikni kuchaytirishga tayyor.