Valyuta kurslari 31/03/2026
$1 – 12210.71
UZS – 0,12%
€1 – 14036.21
UZS – -0,09%
₽1 – 150.36
UZS – 0,43%
Qidirish
O‘zbekiston termasi FIFA Series 2026™ turnirida g‘olib

O‘zbekiston termasi FIFA Series 2026™ turnirida g‘olib

O‘zbekiston termasi FIFA Series 2026™ turnirida g‘olib

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida FIFA Series 2026™ turnirining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi Venesuela jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida gollar urilmadi — 0:0. Shunga qaramay, har ikki jamoa raqib darvozasi oldida bir nechta xavfli vaziyatlar yaratdi.

G‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda o‘zbekistonlik futbolchilar 5:4 hisobida g‘alaba qozondi. Abduvohit Neʼmatov raqibning zarbalaridan birini qaytarib, g‘alabani taʼminlab, o‘yin qahramoni bo‘ldi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi FIFA Series 2026™ turniri g‘olibi bo‘ldi.

Turnir doirasidagi yana bir uchrashuvda Gabon va Trinidad va Tobago jamoalari 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Penaltilar seriyasida esa Gabon 3:2 hisobida g‘alaba qozonib, turnirning bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling