Valyuta kurslari 30/12/2025
$1 – 12025.33
UZS – -0,27%
€1 – 14162.23
UZS – -0,21%
₽1 – 155.25
UZS – 0,06%
Qidirish
O‘zbekiston terma jamoasi Xorvatiyani mag‘lub etgan holda U-17 Jahon chempionatida 1/8 finalga chiqdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qatarda o‘tayotgan 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi Xorvatiyani mag‘lub etib, 1/8 finalga yo‘l oldi.

Birinchi gol 24-daqiqada urildi: o‘ng qanotdan berilgan uzatmaddan so‘ng, Sadriddin Hasanov bosh bilan to‘pni raqib darvozasiga yo‘naltirdi.

80-daqiqada xorvatiyaliklar o‘zbek jamoasining himoyasidagi noaniqlikdan foydalanib hisobni tenglashtirishdi. Asosiy vaqt 1:1 hisobida yakunlandi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Penaltilarda O‘zbekiston futbolchilari 4:3 hisobida ustun kelishdi.

1/8 finalda O‘zbekiston terma jamoasi Italiya jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Italiya avvalroq Chexiyani 2:0 hisobida mag‘lub etgan. Ushbu bahs 18 noyabrda bo‘lib o‘tadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling