O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo bo‘yicha Fujayrah Open – 2026 xalqaro turnirida 14 ta medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston terma jamoasi taekvondo bo‘yicha Fujayrah Open – 2026 xalqaro turnirida 14 ta medal qo‘lga kiritdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — BAAning Fudjeyra shahrida taekvondo WT bo‘yicha Fujayrah Open – 2026 xalqaro turniri bo‘lib o‘tdi.
Mavsumdagi ilk xalqaro musobaqasida O‘zbekiston terma jamoasi yuksak natijalarni namoyish etib, jami 14 ta medalga sazovor bo‘ldi: ikki oltin, olti kumush va olti bronza.
Oltin medallarni 74 kg vazn toifasida Najmiddin Qosimxo‘jayev hamda 87 kg gacha bo‘lgan vazn toifasida Yodgor Jo‘raboyev qo‘lga kiritdi.
Kumush medallar Omonjon Otajonov (58 kg gacha), Mironshoh Muzaffarov (74 kg gacha), Jasur Jaysunov (80 kg gacha), Marat Mavlonov (87 kgdan yuqori), Sofiya Xan (53 kg gacha) va Madina Mirabzalovaga (57 kg gacha) nasib etdi.
Bronza medallar esa Kamron Mansurov (58 kg gacha), Shamsiddin Qurbonov (63 kg gacha), Diyor Tuxliboyev (68 kg gacha), Laylo Zaynitdinova (53 kg gacha), Sevinch Xayitova (62 kg gacha) va Iroda Mirtojiyevaga (73 kgdan yuqori) topshirildi.