Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
O‘zbekiston terma jamoasi Osiyo chempionati U-23 saralash bosqichida Qirg‘iziston bilan durang o‘ynadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichida Qirg‘izistonga qarshi o‘yinni durang bilan yakunladi.

E guruhi o‘yinlari Bishkek shahrida bo‘lib o‘tmoqda. Ikkinchi turda jamoalar 2:2 hisobi bilan maydonni tark etdi.

Hisobni birinchi daqiqada Qirg‘iziston jamoasi o‘yinchisi Beknaz Askarov ochdi. O‘n daqiqa o‘tgach, Rustam Turdimuradov hisobni tenglashtirdi. 42-daqiqada Behruzbek Almazov O‘zbekistonni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 56-daqiqada Arsen Sharshenbekov hisobni yana tenglashtirdi.

O‘zbekiston terma jamoasi saralash bosqichining so‘nggi uchrashuvini 9 sentyabrda Falastinga qarshi o‘tkazadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling