O‘zbekiston terma jamoasi OCH-23 saralashida Shri-Lanka ustidan 4:0 hisobida yirik g‘alaba qozondi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi 23 yoshgacha futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati saralash bosqichini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.
O‘zbekiston jamoasi ishtirok etayotgan E guruhi uchrashuvlari Qirg‘izistonning Bishkek shahrida o‘tmoqda.
Birinchi o‘yinda yurtdoshlarimiz Shri-Lanka yoshlarini 4:0 hisobida mag‘lub etdi.
Hisobni 38-daqiqada Umarali Rahmonaliyev ochdi, ordan ikki daqiqa o‘tib Rustam Turdimurodov hisobni oshirdi. 52-daqiqada Turdimurodov dubl rasmiylashtirib, uchinchi golni urdi. 70-daqiqada esa Sardorbek Bahramov to‘rtinchi to‘pni kiritdi.
O‘zbekiston terma jamoasining navbatdagi o‘yinlari 6 sentyabrda Qirg‘izistonga, 9 sentyabrda esa Falastinga qarshi bo‘ladi.