Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
O‘zbekiston terma jamoasi Jahon chempionati oldidan Kanada bilan o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etishga tayyorlanayotgan O‘zbekiston terma jamoasi Kanada terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazadi.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, uchrashuv 1 iyun kuni Kanadaning Edmonton shahridagi stadionda bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Jahon chempionatida “K” guruhiga tushgan bo‘lib, unda jamoaning raqiblari Portugaliya, Kolumbiya hamda Yangi Kaledoniya, Yamayka va Kongo o‘rtasidagi qitʼalararo pley-off g‘olibi bo‘ladi.