Abdukodir Xusanov «Manchester Siti» — “Brayton” uchrashuvida jarohat oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Yakshanba, 2025 yil 31 avgust kuni Angliya Premyer-ligasining 3-tur doirasida «Manchester Siti» “Brayton”ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Uchrashuvni Jon Stouns bilan birga markaziy himoyada asosiy tarkibda boshlagan Abdukodir Xusanov 61-daqiqada “Brayton” hujumchisi Yakube Mintexga nisbatan qoidabuzarlik qilgani uchun sariq kartochka oldi.
Ogohlantirishga qaramay, Xusanov 84-daqiqagacha o‘yinni davom ettirdi. Ammo jarohat tufayli maydonni tark etishga majbur bo‘ldi va uning o‘rnini Ruben Diash egalladi.
Himoyachida tizzasi bilan bog‘liq muammo kuzatilgani aytilmoqda. Jarohatning to‘liq tafsilotlari va uning safga qaytish muddati to‘liq tibbiy ko‘rikdan so‘ng maʼlum bo‘ladi.