Valyuta kurslari 19/03/2026
$1 – 12178.85
UZS – 0,41%
€1 – 14053.18
UZS – 0,6%
₽1 – 146.54
UZS – -0,98%
Qidirish
O‘zbekiston terma jamoasi FIFA Series uchun tarkibni eʼlon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA Series uchun tarkibni eʼlon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA Series uchun tarkibni eʼlon qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiy Fabio Kannavaro rahbarligida respublika hududida ilk bor o‘tkaziladigan xalqaro FIFA Series turniri uchun yakuniy tarkibni shakllantirdi.

Musobaqalar 27 mart kuni start oladi. Shu kuni “Paxtakor” stadionida Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Venesuela va Trinidad va Tobago terma jamoalari o‘zaro bahs olib boradi. O‘sha kuni kechqurun, soat 19:00 da O‘zbekiston jamoasi “Bunyodkor” arenasida Gabon terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Ikkinchi tur uchrashuvlari 30 mart kuniga belgilangan. Soat 15:00 da “Paxtakor” stadionida Gabon Trinidad va Tobago bilan kuch sinashadi, soat 19:00 da esa O‘zbekiston terma jamoasi Venesuelaga qarshi o‘ynaydi. Turnir mezbonlari ishtirokidagi har ikki uchrashuv “Bunyodkor” stadionida bo‘lib o‘tadi.

Shu bilan birga, avval kengaytirilgan ro‘yxatga kiritilgan qator futbolchilar jarohat sababli o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmaydi. Ular qatorida Jaloliddin Masharipov, Xusniddin Aliqulov, Abbosbek Fayzullayev, Dilshod Komilov, Ibroximxalil Yoldoshev, Abdulla Abdullayev, Alibek Davronov va Xusayn Norchayev bor.

Yakuniy tarkibga quyidagi darvozabonlar kiritildi: O‘tkir Yusupov, Abduvoxid Nematov va Botirali Ergashev. Himoya chizig‘ida Rustamjon Ashurmatov, Umarbek Eshmurodov, Abduqodir Husanov, Muhammadrasul Abdumadjidov, Xojiakbar Alijonov, Sherzod Nasrullayev, Behruzjon Karimov, Jahongir Urozov, Farrux Sayfiyev va Muhammadqodir Hamraliyev o‘rin olgan.

Yarim himoya chizig‘ida Umarali Rahmonaliyev, Ibroxim Ibragimov, Dostonbek Hamdamov, Akmal Mozgovoy, Otabek Shukurov, Azizjon G‘aniyev, Odiljon Hamrobekov, Jamshid Iskanderov va Oston O‘runov harakat qiladi.

Hujum chizig‘iga esa Eldor Shomurodov, Igor Sergeyev, Alisher Odilov va Sherzod Temirov kiritilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling