Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
O‘zbekiston terma jamoasi Fabio Kannavaro rahbarligida ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi

O‘zbekiston terma jamoasi Fabio Kannavaro rahbarligida ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi

O‘zbekiston terma jamoasi Fabio Kannavaro rahbarligida ilk mashg‘ulotni o‘tkazdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol terma jamoasi 7 oktyabr kuni yangi bosh murabbiy Fabio Kannavaro rahbarligida ilk mashg‘ulotini o‘tkazdi.

Milliy olimpiya qo‘mitasi mashg‘ulot jarayonidan suratlar va videolarni eʼlon qildi.

Mashg‘ulotlar yaqinda foydalanishga topshirilgan Milliy futbol markazida bo‘lib o‘tmoqda. Futbolchilar murabbiylar shtabi rahbarligida jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanib, to‘p bilan ishlash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazdilar.

Eslatib o‘tamiz, terma jamoa 9 oktyabr kuni Toshkentda Quvaytga qarshi, 13 oktyabr kuni esa Malayziyada Urugvayga qarshi xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling