Valyuta kurslari 22/10/2025
$1 – 12011.02
UZS – -0,41%
€1 – 13958.01
UZS – -0,76%
₽1 – 148.08
UZS – -0,53%
Qidirish
O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi xalqaro futbol turnirida ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi xalqaro futbol turnirida ishtirok etadi

O‘zbekiston terma jamoasi Dubaydagi xalqaro futbol turnirida ishtirok etadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston futbol terma jamoasi noyabr oyida FIFA kunlari doirasida Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqar o‘rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi maʼlum qildi.

Turnirda jahon chempionatida ishtirok etgan to‘rt jamoa — O‘zbekiston, Eron, Misr va Kabo-Verde terma jamoalari o‘ynaydi.

13 noyabr kuni Eron va Kabo-Verde jamoalari o‘zaro bahs olib borishadi, 14 noyabrda esa O‘zbekiston terma jamoasi Misrga qarshi maydonga tushadi.

O‘yinlar natijalariga ko‘ra, yutqazgan jamoalar 17 noyabrda uchinchi o‘rin uchun bellashadi, g‘oliblar esa 18 noyabrda finalda to‘qnash keladi.

Barcha uchrashuvlar “Al-Maktum” stadionida bo‘lib o‘tadi. U “Al-Nasr” klubiga tegishli bo‘lib, o‘yinlar Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling