Valyuta kurslari 03/09/2025
$1 – 12422.90
UZS – -0,3%
€1 – 14457.77
UZS – -0,6%
₽1 – 154.30
UZS – -0,49%
Qidirish
O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup musobaqasida Turkmanistonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup musobaqasida Turkmanistonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi CAFA Nations Cup musobaqasida Turkmanistonni 2:1 hisobida mag‘lub etdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yil 2 sentyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan CAFA Nations Cup turnirining ikkinchi turida O‘zbekiston terma jamoasi Turkmanistonga qarshi bahsda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Hisobni 37-daqiqada Igor Sergeyev ochdi, ordan 7 daqiqa o‘tib u penaltidan ikkinchi golini urdi va dublni rasmiylashtirdi.

59-daqiqada O‘zbekiston jamoasi aʼzosi Farrux Sayfiyev raqib darvozabonining yuziga oyog‘i bilan zarba bergani uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka oldi.

84-daqiqada turkmanistonlik o‘yinchi Didar Durdiyev penaltini aniq amalga oshirib, hisobni qisqartirdi.

CAFA Nations Cup musobaqasining uchinchi turida O‘zbekiston termasi Qirg‘izistonga qarshi maydonga tushadi. Qirg‘iziston avvalgi bahsda Omonga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Uchrashuv 5 sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling