O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yil Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma oldi
O‘zbekiston terma jamoasi 2026 yil Osiyo o‘yinlariga yo‘llanma oldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan erkaklar o‘rtasidagi xokkey saralash turnirida O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Aychi-Nagoya Osiyo o‘yinlariga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Guruh bosqichida o‘zbekistonlik xokkeychilar Shri-Lanka, Bangladesh va Xitoy Taybei jamoalari bilan bir guruhda ishtirok etdilar. Uchrashuvlar yakuniga ko‘ra milliy jamoa ikkinchi o‘rinni egallab, yarim finalga chiqdi. Bu esa Yaponiyada bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak o‘yinlarga muddatidan oldin yo‘llanma olish imkonini berdi.
Yarim final bahsida O‘zbekiston terma jamoasi Ummon jamoasiga mag‘lub bo‘ldi va turnirni uchinchi o‘rin uchun o‘yin bilan davom ettiradi.
Qayd etish joiz, “Aychi–Nagoya–2026” Osiyo o‘yinlari joriy yilning 19 sentyabridan 4 oktyabrigacha Yaponiyada bo‘lib o‘tadi.